Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2024
Chop etish
JDPUda King Sejong koreys tili o‘quv markazining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

JDPUda Janubiy Koreyaning King Sejong instituti fondi va Kyungwong universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan King Sejong koreys tili o‘quv markazining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar dastlab universitetda talabalar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish. Talabalar tomonidan tashkil etilgan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmada ishtirok etishdi.

Tantanali marosimni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov ochib berdi.

 

Tadbir tashkilotchilari mehmonlarga bugungi kunda universitet ko‘plab mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari va bu munosabatlarning natijalari xususida ma’lumotlar berishdi.

Shundan so‘ng talabalar va ijodiy jamoalarning koreys millatiga mansub urf-odatlar va an’analardan so‘zlovchi sahnalashtirilgan badiiy dastur namoyish etildi. Tadbirda Kyungwoon Universiteti prorektori Dean Joy Ju Young Chun, Ajou universiteti professori Park Sang-Woo va boshqa 20 nafarga yaqin koreys professorlari ishtirok etdi.


Ulashish:
1 287
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.