Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/08/2026
Chop etish
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kiberxavfsizlik va kibergigiyena tushunchalari, internet va raqamli platformalardan xavfsiz foydalanish qoidalari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalar va xabarlarga ishonmaslik, kiberfiribgarlikning keng tarqalgan usullari hamda ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, onlayn qimor, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va treydingga ruju qo‘ygan, shuningdek, kiberfiribgarlar tuzog‘iga tushish xavfi yuqori bo‘lgan talabalar bilan tyutorlar tomonidan manzilli va individual profilaktik ishlar olib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Tadbir JDPU hamda viloyat IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi (Yo‘l xaritasi) ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi


Ulashish:
1 061
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.