Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/11/2023
Chop etish
JDPUda  Iqtidorli talabalar forumi o‘tkazildi.

JDPU Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan forum 3 qismdan iborat bo‘ldi. Dastlab Yuksalish liderlar akademiyasining asoschisi Muhammadali Eshonqulov ’ Yoshlarning o‘qishi shart bo‘lgan 500 ta kitobi va Vaqt qadri mavzusidagi ma’ruzasi. Bilan ishtirokchilarni qiziqtirib jonli muloqot qildi. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbatda ishtirokchilar shu mavzudagi qiziqish va intilishlarini bahs munozara shaklida namoyon etishdi.

Undan so‘ng Finlandiya davlatida stajirovka o‘tab kelgan o‘qituvchi Sanobar Kenjayevaning Finlandiya ta’limi tajribasi sirlari mavzusida taqdimoti Namoyish etildi. Taqdimot davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda savollar berishdi. Dastur so‘ngida esa Maktabgacha ta’lim fakultetining jonli orkestri ijrosidagi musiqiy qism tomoshabinlarga havola etildi.

Tashkil etilgan ushbu Forum talaba yoshlarga  katta maktab  bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bir so‘z bilan aytganda , bu forum talabalarning nafaqat ma’naviy-ma’rifiy balki ilmiy salohiyatlini oshirishga xizmat qildi


Ulashish:
909
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.