Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/08/2024
Chop etish
JDPUda ijodiy imtihonlar qanday o’tkazildi.

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha  53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazildi. Jizzax davlat pedagogika universitetida ham kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazildi. Abituriyentlar tasviriy san’at hamda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishga kelishgan.

-Bugun ertalabdan Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Ta’kidlash joiz bu yil universitetga kasbiy(ijodiy) imtihon topshirish uchun 1966 nafar abituriyentlar hujjatlarini taqdim etishgan. universitetda abituriyentlarning imtihon topshirishlari va ota-onalar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. hujjat taqdim etgan abituriyentlar orasida nogironligi mavjud abituriyentlarimiz ham bor. So‘zlashishda va nutqida nuqsoni bor yoshlarimizga surdo tarjimonlar orqali barcha ma’lumotlarni yetkazishga harakat qildik-deydi qabul komissiyasi mas’ul kotibi S.Nazarqosimov

Oliygohda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida barcha xonalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari ham jarayonlarni onlayn kuzatib borishmoqda.

G‘allaorol tumanidan keldik. Nevaramga dalda bo‘lish uchun birga keldim,-deydi Soraxon Toshpo‘latova. Qarshiliklarimizga qaramay nevaram tasviriy san’at yo‘nalishini tanladi. Shu yo‘nalish bo‘yicha tahsil oldi. Barcha ota-onalar qator men ham nevaramga omad tilayman. Biz kuzatuvchilarga yaxshi sharoit yaratilgan. Salqin xonalarda o‘tirib, monitorlarda imtihon jarayonlarini kuzatib turibmiz.

Bugun erta tongdan shasht va ishtiyoq, hayajon bilan imtihonga tashrif buyurgan abituriyentlarni JDPU qabul komissiyasi a’zolari hamda universitet rahbariyati kutib oldi. Bugun ota-onalari do‘st-yorlari, yaqinlari davrasida imtihon oldi hayajonlari bilan ko‘zlari porlab turgan yoshlar uchun imtihon ilk katta hayotga tashlangan qadamdir.


Ulashish:
1 483
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.