Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/09/2023
Chop etish
JDPUda “Ibrat Farzandlari” til o‘rgatish loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Xabaringiz bor Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ibrat Farzandlari”  xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga mo‘ljallangan loyiha doirasida “Ibrat Academy” ilovasi ishlab chiqilgan edi. Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika universitetida Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati boshqarma boshlig‘i Otabek Musurmonov ishtirokida ana shu loyiha doirasida davra suhbati tashkil etildi.

 

 “Bugungi shiddatli dunyoda turli millat, madaniyat va til egalari bo‘lgan dunyo ahli har qachongidan ham ko‘proq muloqotga ehtiyoj sezmoqda. Yangi tilni o‘rganish, yangi madaniyatni o‘rganish ham demakdir. Bugungi kunda 14 ta tilni mukammal darajada o‘rgata oladigan Ibrat farzandlari loyihasi aynan til o‘rganishga ishtiyoqi baland talabalar uchun ayni muddao”-deydi universitetning Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov

 

“Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2022-yil noyabr oyida tashkil etilgan Ibrat Farzandlari loyihasi xorijiy tillarni bepul, sodda va kreativ usulda o‘rgatish bilan bir qatorda noldan boshlangan darslar majmuasi borligi bilan ham qulaydir. Bu loyiha  bilan turli tillar bo‘yicha bilimlarni qisqa muddat ichida xohlovchilar o‘zi uchun qulay bo‘lgan yerdan turib egallashlari mumkin. Loyiha barcha uchun teng ravishda istalgan joyda, istalgan vaqtda bepul til o‘rganish imkonini beradi.”-deydi Otabek Musurmonov

“Ibrat farzandlari” loyihasidan ko‘zlangan maqsad, chekka viloyatdagi yoshlarga, shu bilan birga, til o‘rganish maqsadida bo‘lgan barchaga oson va yuqori sifatda til o‘rganishiga yordam berishdir

Suhbat jarayonida talaba yoshlar loyiha doirasida o‘z bilimlarini savol-javob tariqasida mustahkamlab olishdi.


Ulashish:
1 489
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.