Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/10/2026
Chop etish
JDPUda huquqbuzarliklar profilaktikasi va oilaviy nizolarni hal etish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B. Valiyev boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Tashrif davomida talabalar o‘rtasida shakllantirilgan «Qalqon» jamoatchilik guruhi faoliyati taqdim etildi. Shuningdek, rektor Maksudjan Yuldashev universitetda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash va sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ishchi guruhi a’zolari profilaktik tadbirlar, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik va talabalar muammolarini barvaqt aniqlash mexanizmlari bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida «Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish» mavzusida seminar tashkil etildi. Unda oilaviy nizolarning oldini olish va ularni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda nizolarni sudgacha hal etish, mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, oilalarda sog‘lom muhitni ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mas’ul idoralar vakillari hamda Jizzax shahri va tumanlar mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdilar.

Yakunda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.


Ulashish:
199
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
JDPUda “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Biologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: tashabbus va istiqbollar muhokamasi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldashevning talabalar bilan an’anaviy «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bu gal Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim oliy pedagogika maktabi yoshlari ishtirokida...