Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/08/2024
Chop etish
JDPUda hashar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

«Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharda universitet professor-o‘qituvchilari xodimlar faol ishtirok etishmoqda.

Yurtning obod bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan oliygoh xodimlari ayni damda hasharni universitet hududida davom ettirmoqdalar.

Bugun chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekanini yana bir karra namoyon etmoqda. Universitetning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari bilan birgalikda o‘quv dargohining dars xonalari, ma’muriy xonalar, kafedralar, oshxona, axborot-resurs markazi tozalanib tartibga keltirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasining atrofi va hovlisidagi yashil maydon hududlarida qurib qolgan begona o‘tlar yulib tashlandi, tartibga keltirildi, daraxtlar oqlandi va qurigan shoxlari kesildi.

Bir so‘z bilan aytganda o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tdi. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 049
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.