Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2025
Chop etish
JDPUda doktorantlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Jabbarova hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i N.Xonto‘rayev tomonidan olib borildi.

Yig‘ilish davomida 3-bosqich doktorantlarning doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi va himoya ko‘rsatkichlari yakka tartibda tanqidiy tahlil qilindi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda universitetda 3-bosqichda tahsil olayotgan doktorantlar soni 20 nafarni tashkil etadi. Ulardan:

  • 1 nafar doktorant dissertatsiyasini muddatidan oldin muvaffaqiyatli himoya qilgan;

  • 4 nafar doktorant Ilmiy darajalar beruvchi Kengash qoshidagi ilmiy seminarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan;

  • 5 nafar doktorant doktorlik dissertatsiyasining kafedra muhokamasidan o‘tgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilish yakunida doktorantlarning tayyorgarlik darajasini muntazam va tizimli ravishda tahlil qilib borish, ularning ilmiy ishlarini baholashni kuchaytirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.


Ulashish:
1 189
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.