Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/05/2023
Chop etish
JDPUda “CULTURE DAY-XALQARO MADANIYATLAR KUNI” Yoshlar Festivali bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida  Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan  “CULTURE DAY-XALQARO MADANIYATLAR KUNI” Yoshlar Festivali bo‘lib o‘tdi . Tadbir Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya, Hindiston, O`zbekiston, Meksika, Birlashgan Qirollik, Amerika Qo`shma Shtatlari,Turkiya, Gretsiya, Xitoy, Rossiya kabi mamlaktlarning urf-odtlari va qadriyatlaridan so‘zlaguchi ko‘rgazmalar bilan boshlandi.

Har bir mamlakatning milliy taomlari bilan bezatilgan dasturxon, milliy sahna bezaklari tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Ko‘rgazmali namoyishda talabalar tomonidan Arab Shayxlari hayoti aks etgan musiqiy sanha ko`rinishlari,  Koreya jang san`atidan lavhalar va Koreyscha milliy raqslar, Xitoy xalqiining to‘y tantanalari, hindcha  xina qo‘yish marosimi, Eski o`zbek  filmlardagi o‘lmas kino obrazlari o‘zgacha mahorat bilan ijro etildi.

 

21 may – “Xalqaro madaniyatlar xilma-xilligi va muloqot kuni” munosabati bilan tashkil etilgan yoshlar festivalida Uvropa hamda Osiyodagi 11 ta malakatning urf odatlari va qadriyatlari namoyish etildi. Bayram tadbiriga faol talabalaring taqdirlash marosmi yakun yasadi.

 


Ulashish:
1 389
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...