Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/06/2025
Chop etish
JDPUda Call-center markaziga media tur tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida abituriyentlar uchun tashkil etilgan Call-center’ga ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari uchun maxsus media tur uyushtirildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlangani munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga ma’lumot va maslahat berish maqsadida maxsus Call-center va maslahat markazi tashkil etilgan. Joriy yilda universitet qabul komissiyasi qoshida faoliyat olib borayotgan maslahat markazida 10 nafar tajribali mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Ular kun davomida qo‘ng‘iroqlar va yuzma-yuz savollarga asosli, rasmiy Nizom talablari asosida javob berishga tayyor. Markaz har kuni o‘rtacha 60 ga yaqin murojaatni qabul qilib, har bir abituriyent va uning ota-onasiga to‘liq tushunarli, aniq axborot yetkazishni maqsad qilgan.

Media tur doirasida jurnalistlar va jamoatchilik vakillariga Call-center faoliyati, mavjud texnik jihozlar, operatorlar ish tartibi hamda murojaatlar bilan ishlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanishicha, markaz abituriyentlar uchun qulay, ishonchli va zamonaviy axborot manbai sifatida xizmat qilmoqda.

📞 Call-center orqali quyidagi yo‘nalishlarda maslahat olish mumkin:

  • Qabul shartlari va hujjat topshirish tartibi

  • Ta’lim yo‘nalishlari va to‘lov-kontrakt miqdori

  • Imtihon jarayonlari va onlayn ariza berish bo‘yicha yo‘riqnomalar

  • Qabulga oid barcha normativ-huquqiy asoslar

Universitet rahbariyati ta’lim sifatini oshirish barobarida, qabul jarayonlarida ham ochiqlik, oshkoralik va abituriyentlarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratmoqda.


Ulashish:
881
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.