Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/05/2024
Chop etish
JDPUda bo‘lib o‘tgan “Milliy qadriyatlar festivali” yoshlarning bayram sayliga aylandi.

Tashkil etilgan bayramda universitet talaba yoshlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Yoshlar masalalari ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sarvar Nazarqosimov ma’naviyatimizning asosi bo‘lgan milliy qadriyatlar xalqimizning ulkan merosi ekanligini ta’kidladi. Globallashuv davrida yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga, ongi tafakkuriga tahdidlar kuchayib borayotgan paytda o‘zligimizni, qadriyatlarimizni asrab-avaylash muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

Universitetga kirish maydoni xalqimizning qadriyatlarni namoyish etuvchi ko‘rgazmalar bilan yanada tarovatli bo‘ldi. Milliy liboslar namoyishi, sport o‘yinlari, xalq o‘yinlari tanlovi hamda urf-odatlar, an’analar aks etgan sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unutilib borilayotgan alla, laparlar ijro etildi, “kelin salom” namoyishi esa olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Festival doirasida tashkil etilgan tanlovlarning g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.


Ulashish:
1 127
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.
Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Amir Temur vorislari”...
JDPU va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda uni yangi bosqichga...