Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/02/2024
Chop etish
JDPUda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada turli xalqlarning milliy liboslari namoyish qilindi.

Rangin toshlar bilan bezalgan kiyimlar, do‘ppilar va ko‘ylaklar. Fizika texnologik ta’lim fakultetining dizayn yo‘nalishi 4-kurs talabalari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada turli xalqlarning  milliy  liboslari namoyish etildi.

Qirg‘iz, o‘zbek, turkman, turk, ozarbayjonlarning milliy liboslari bilan birga turkiy bo‘lmagan xalqlar milliy kiyimlari: koreys, xitoy va hindlarning sarilari ham tomoshabinlarga taqdim etildi.

Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu ko‘rgazma tanlov so‘ngida eng yaxshi deb topilgan dizayn mualliflari taqdirlandilar.Turli xalqlarning milliy liboslariga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur yakun yasadi.


Ulashish:
2 997
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.