Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/04/2026
Chop etish
JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Tadbirda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tumandagi maktablar direktorlari hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tuman hududidagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida 10 nafarga yaqin bitiruvchi talaba maktab direktorlari bilan mehnat shartnomalarini imzolab, ish faoliyatini boshlash uchun yo‘llanma oldi.


Ulashish:
632
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...