Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2023
Chop etish
JDPUda “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda “Talabalar ligasi” musobaqalari start oldi.

Tadbirning ochilish marosimida talaba yoshlar va professor o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Unda universitet rektori talaba yoshlar o‘rtasida milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, festivallar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishida yordam berishini ta’kidladi.

 

Ayni paytda «Besh tashabbus olimpiadasi» va “Talabalar ligasi” doirasida oliygohdagi Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, kabi sport turlari bo‘yicha kuch va mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Tadbirning ochilish marosimida oliygoh sportchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlari, iqtidorli talabalarning kuy-qo‘shiqlari yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

 

«Besh tashabbus olimpiadasi» 12 sentyabrdan — 23 sentyabrga qadar o‘tkaziladi. Olimpiada doirasida talabalar madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, IT yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov va musobaqada ishtirok etishadi.


Ulashish:
1 155
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.