Jizzax davlat pedagogika universitetida “Amir Temur va temuriylar davri merosi: davlatchilik, harbiy san’at, ilm-fan va ma’naviy taraqqiyot fenomeni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.





Anjumanning rasmiy ochilish marosimi ilmiy ishlar va innovatsilar bo‘yicha proretkor Anora Jabboravaning kirish so‘zi bilan boshlandi.


Shundan so‘ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Iqboloy Umarova tomonidan tabrik so‘zi yo‘llandi.


Yalpi majlisda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan olimlar tomonidan Amir Temur shaxsiyati, temuriylar davridagi ilm-fan, madaniyat va davlatchilik masalalariga oid dolzarb ma’ruzalar tinglandi.



Kun davomida anjuman o‘z ishini sho‘ba yig‘ilishlarida davom ettirdi.





Unda tarix, siyosiy-iqtisodiy munosabatlar, ilm-fan va madaniyat hamda xalqaro aloqalar yo‘nalishlarida ilmiy muhokamalar olib borildi. Yakuniy yig‘ilishda anjuman natijalari sarhisob qilinib, ilmiy xulosalar va takliflar bildirildi.
