Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
11/11/2024
Chop etish
JDPU qoshida «Korrupsiyaga qarshi kovorking» markazi tashkil etildi.

JDPU qoshida «Korrupsiyaga qarshi kovorking» markazi tashkil etildi. Shuningdek, markaz faoliyatini tizimli amalga oshirish maqsadida uning a’zolari saylandi.

Bugungi kunda u 11 a’zodan iborat. «Korrupsiyaga qarshi kovorking» markazi raisi etib tarix fakulteti dekani F.Akchayev saylandi.

Kecha «Antikorrupsion kovorking» a’zolarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda markazning maqsad va vazifalari, yillik ish rejalari va boshqa bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ushbu markaz faoliyatining asosiy maqsadi universitetda korrupsiya xavfining oldini olish, axloq va halollikni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.


Ulashish:
1 322
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.