Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/04/2025
Chop etish
JDPUda «A.Oripov kechasi” nomli ijodiy oqshom kechasi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining ijodkor talabalarini birlashtirgan «A. Oripov kechasi” nomli ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kecha O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tashkil etildi. Kecha loyiha rahbarining kirish so‘zi bilan boshlanib, undan so‘ng «Abdulla Oripov» filmi namoyishi bilan davom etdi. Talabalar film namoyishini qahva va shirinliklar bilan bemalol suhbat qurib tomosha qilishdi. Shundan so‘ng kechaning badiiy qismi boshlanib, she’rxonlik va shoir hayoti va ijodiga oid munozaralar boshlandi. Ijodiy kecha juda qiziqarli davom etdi.

Oqshomga tashrif buyurganlarning hissiyoti boshqacha…Ushbu so‘zlarni fakultet dekani hamda kechaga taklif etilgan ustozlar ham ta’kidlashdi.

Aziz talabalar, keyingi safar qaysi ijodkorning ijodiy kechasi tashkil etilishini xohlaysiz? Fikrlaringizni kutib qolamiz.


Ulashish:
634
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.