Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/07/2025
Chop etish
JDPU “Volontyorlar klubi” — “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida G‘allaorolda
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Volontyorlar klubi”ning faol yoshlari «Dolzarb 90 kun» tashabbusi asosida navbatdagi safarini amalga oshirdilar. Bu galgi manzil — G‘allaorol tumanidagi 19-maktab bo‘ldi.
Safar doirasida maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, «Bugungi kun o‘quvchisi va uning ehtiyojlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Muhokamalarda zamonaviy ta’limning asosiy vazifalari, yosh avlodning intellektual va ma’naviy rivojlanishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muhiti kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida “Bugungi kun o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?” degan savol atrofida qizg‘in fikr almashinuvlar bo‘lib o‘tdi. Ta’lim sifatini oshirish, yangi pedagogik yondashuvlar va o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishi borasida amaliy takliflar ilgari surildi.

Tashabbusning amalga oshishiga rahbarlik qilgan “Volontyorlar klubi” yetakchisi Asqar Qayumovning tashabbuskorligi va fidoyiligi e’tirofga loyiq. Uning rahbarligida klub a’zolari har bir uchrashuvda nafaqat bilim, balki ruhiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni ham namoyon etmoqdalar.


Ulashish:
9 003
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.