Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/06/2025
Chop etish
JDPU va MIET o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
JDPU va MI o‘rtasida strategik hamkorlik boshlandi.Ilm-fan, ta’lim va tajriba almashinuvi yo‘lida yangi qadam

Jizzax davlat pedagogika universiteti xalqaro hamkorlik doirasida yana bir muhim qadam tashladi. Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Milliy tadqiqot universiteti “Moskva elektron texnika instituti” (MIET) vakili, yuridik fanlari doktori, professor Lev Vladimirovich Bertovskiy universitetimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida professor L.V. Bertovskiy JDPU rektori, professor Shavkat Sharipov bilan uchrashdi. Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzoladilar.

Ushbu hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

  • professor-o‘qituvchilarni stajirovka (malaka oshirish)ga yuborish;

  • ilmiy loyihalar va maqolalarni birgalikda tayyorlash.

Mazkur kelishuv JDPUning xalqaro aloqalarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish hamda zamonaviy bilimlar almashinuvini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Ushbu hamkorlik kelgusida ikki tomonlama ta’lim dasturlarini joriy etish va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish imkonini yaratadi.


Ulashish:
823
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.