Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/05/2026
Chop etish
JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.

Mazkur tashrif doirasida talabalar ishtirokida madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, ijodiy kechalar hamda yoshlar forumi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan tajriba almashish, fikr va g‘oyalar muhokamasi, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muloqotlar o‘tkaziladi.

Tadbirlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarga oid islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan topshiriqlari asosida tashkil etilmoqda.


Ulashish:
422
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...