Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi.

Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining zamonaviy ekspozitsiyalari, noyob qo‘lyozmalari, tarixiy eksponatlari hamda interaktiv ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga xalqimizning boy tarixi, milliy davlatchilik an’analari, islom ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi, hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur ma’rifiy tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini boyitish, milliy qadriyatlarga sadoqatini mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi.

