Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
20/11/2024
Chop etish
JDPU Sirtqi bo‘limda uchrashuv o‘tkazildi.

KQKKNTB bo‘limi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda , O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Davlat nomdor stipendiyalari, talabalarni o‘quv jarayoni bilan bog‘liq turli tadbirlarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishiga sababchi bo‘lmaslikka hamda bunday huquqbuzarlik sodir bo‘lganda mas’ul shaxslarni ogohlantirish kerakligi ta’kidlandi.

shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, ularni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar hamda shu kabi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik mavjudligi, universitetda o‘tkazilishi rejalashtirilgan imtihonlar, oraliq nazoratlar, himoyalar, tanlovlar, xaridlar, o‘rganishlar va boshqa shu kabi tadbirlar ochiq, shaffof, xolisona hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan talablarga to‘liq rioya etgan holda o‘tkazilish bo‘yicha tushunchalar berildi. Yig‘ilish qatnashchilaridan universitet faoliyatida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlar, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar aniqlashda ko‘maklashish va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish hamda bundan huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik so‘raldi.


Ulashish:
1 215
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.