Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/12/2025
Chop etish
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu hamkorlik doirasida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, “Ustoz–shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish, fan o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etish hamda o‘quvchilarni fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy tadbirda Tabiiy fanlar fakulteti dekani Z.Z. Yaxshiyeva “Ekologik muammolar: bugun va ertaga” mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi. Muloqot davomida ekologik xavfsizlik, atrof-muhitga inson ta’siri, global iqlim o‘zgarishi va hududiy ekologik muammolar interaktiv usullar orqali muhokama qilindi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z fikrlarini bildirib, mavjud muammolarga yechim takliflarini o‘rtoqlashdilar.

Davra suhbati yakunida ekologik muammolarni hal etishda yoshlarning faolligi muhimligi ta’kidlandi. Ochiq muloqot samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir so‘ngida maktab ma’muriyati bilan fikr almashildi, kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi va bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish taklif qilindi.


Ulashish:
2 084
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU sportchilari tantanali ravishda kutib olindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning respublika bosqichida munosib ishtirok etib qaytgan sportchilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar,...
Jizzax davlat pedagogika universitetida Polshaning 8Foundry Alliance Global Cluster tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda texnologiya va innovatsion klasterlar bilan hamkorlikni kengaytirish, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda Erasmus+, Horizon Europe kabi xalqaro dasturlar doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama...
Talabalar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni mustahkamlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Aksilkorrupsiyaviy kovorking markazi hamkorligida Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.