Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/07/2024
Chop etish
JDPU rektoriga biriktirilgan Jizzax shahar Bobur mahallasining yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv universitet faollar zalida bo‘lib o‘tdi.  JDPU rektori professor Sh.Sharipov o‘ziga biriktirilgan Jizzax shahar Bobur mahallasida yashaydigan  yordamga muhtoj bo‘lgan, alohida e’tibor talab etuvchi 4 nafar yoshlar bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida yoshlar o‘z fikr mulohazalari bilan bo‘lishdilar. Abram Murtazoyev bugungi kunda Toshkent Moliya instituti bakalavriatiga o‘qishga topshirish uchun qo‘shimcha pullik kurslarga (Ingliz tili va matematika) kurslariga qatnayapti unga Xorijiy til sertifikatni olishida yaxshi bir mutaxassisga ehtiyoji borligini ta’kidladi.

Yoshlardan yana biri , Anton Ayubov elektroenergetika sohasiga qiziqishini va ushbu soha mutaxassisi bo‘lish uchun qayerga murojaat qilishi lozimligi haqida ma muhtojligini bayon eti. Surayyo Murtazoyeva ham sud-huquq tizimiga qiziqishi yuqoriligini sohaga oid bar bilimga ega bo‘lish istagida ekanligini bildirdi. Muhammad Normatov esa bugungi kunda koreys tilidan qo‘shimcha o‘quv kurslarida tahsil olayotganligini kelajakda Koreya davlatiga borish niyatida ekanligini aytdi. Unga oldingi uchrashuvlarda m universitet rektoridan minnatdor ekanligini alohida ta’kidladi.

Suhbat so‘ngida universitet rektori uchrashuvga kelgan yoshlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.


Ulashish:
840
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.