Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/04/2024
Chop etish
JDPU rektori Sayiljoy akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashdi.

JDPUning kichik majlislar zalida «Rektor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda JDPU rektori Sh.Sharipov litsey o‘quvchilarini erishgan yutuqlari bilan tabrikladi.

Asosiy fan olimpiadasining IV-respublika bosqichida «Sayiljoy» akademik litseyining 2-bosqich talabasi Amirqulov Rahmatilla faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani bu litsey qolaversa universitet uchun katta yutuq ekanligini alohida e’tirof etdi. Shu o‘rinda o‘quvchi va uning ustozi Abduvohidov Bozormurodga tashakkurnomalar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda shuningdek, matematika fanidan xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush, bronza medallarni qo‘lga kiritgan litseyning olimpiada maktabining o‘quvchilari ham alohida e’tirof etilib ular ham sovg‘alar va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Rektor stipendiyasi» va «Akademik litsey iftixori» stipendiyasi sohiblariga ham tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Universitet rektori litsey jamoasiga va talabalarga kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilar ekan bilim olishda charchamasliklarini tiladi

Tadbirda litsey o‘qituvchilari,o‘quvchilar va ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi.


Ulashish:
2 663
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.