Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/01/2026
Chop etish
JDPU rektori doktorantlar bilan uchrashib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich tayanch doktorantlar va doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida doktorantura ta’limining sifati, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, xalqaro ilmiy bazalarda maqolalar chop etish, ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish hamda olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yosh tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ilmiy rahbarlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy faoliyatda intizom va mas’uliyatni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar hamda takliflar bilan murojaat qildilar. Rektor Maqsudjon Abdullayevich tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar ilmiy izlanishlarning sifatini oshirish hamda natijadorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv universitetda ilm-fan va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri sifatida baholandi.


Ulashish:
3 042
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...