Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/12/2024
Chop etish
JDPU rahbariyati tomonidan bolalarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.

Har bir bayram bolalar bilan go‘zal. Ayniqsa, ular yangi yil bayramlarini sabrsizlik bilan kutmoqdalar, bu ularga pok orzu-umidlar, muhabbat va g‘amxo‘rlik, shuningdek, yangi ufqlar olib keladi.

Yangi yil arafasida mamlakat bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu bayramlar, ayniqsa, bolalarga alohida zavq bag‘ishlaydi.

Bugun universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda ularning farzandlariga bayram sovg‘alari topshirildi.

Universitet rektori va boshqa mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan hayajonli tadbir archa atrofida yig‘ilgan bolalar va ularning ota-onalariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bolalar bunday e’tibordan juda xursand bo‘lishdi va o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.


Ulashish:
713
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.