Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
JDPU o‘qituvchisi xalqaro ilmiy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Uzoqova Shahnoza Soibnazarovna Avstraliyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Charlz Darvin universitetida o‘tkazilgan “Language and the Interface of Mono-/Multi-/Translingual Mindsets” nomli xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli ilmiy anjuman zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari, ko‘ptillilik tafakkuri, til o‘rganishning yangi metodologik yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajribalar almashuviga qaratilgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni bir maydonga jamladi.

Shahnoza Soibnazarovna konferensiyada o‘zining ilmiy izlanishlariga asoslangan ma’ruza bilan qatnashib, til o‘rganuvchilarning monolingval va multilingval fikrlash jarayonlariga oid dolzarb masalalarni yoritdi. Uning tadqiqotlari xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Mazkur ishtirok o‘qituvchining shaxsiy yutug‘i bo‘lish bilan birga, O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirishga ham muhim hissa qo‘shadi.


Ulashish:
2 007
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...