Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/10/2026
Chop etish
JDPU Kengashining navbatdagi majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2-sonli majlisi avvalida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Tabiiy fanlar pedagogika oliy maktabi dekani, professor Zuxra Ziyatovna Yaxshieva I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etildi. Universitet rektori tomonidan olimaга yuksak ehtirom bildirildi.

 

 

 

 

Zuxra Yaxshieva o‘z navbatida, bildirilgan e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofotni nafaqat shaxsiy mehnatiga, balki universitet jamoasining birgalikdagi faoliyatiga berilgan baho sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, «Oliy ta’lim a’lochisi», «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» hamda «O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan universitet professor-o‘qituvchilariga berilgan ilmiy daraja diplomlari ham tantanali ravishda topshirildi.

 

Taqdirlash marosimi universitet jamoasi uchun quvonchli voqea bo‘lib, professor-o‘qituvchilarning ta’lim va ilm-fan rivoji yo‘lidagi samarali faoliyati e’tirof etildi.


Ulashish:
150
Boshqa rubrikalarda mashhur

«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining Jizzax viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.
JDPU Kengashining navbatdagi majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2-sonli majlisi avvalida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab,...
«Istibdoddan — istiqlolgacha»: qatag‘on qurbonlari xotirlandi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nishonlanadigan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan «Istibdoddan — istiqlolgacha» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy...