Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/11/2025
Chop etish
JDPU jamoasi Zomin tog‘laridagi oppoq qor bag‘rida dam oldi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi haftaning har shanba va yakshanba kunlarini faol va maroqli sayru sayohatlarda o‘tkazishmoqda.

Bu galgi sayohat ham yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi. 20 kishiga yaqin jamoa a’zolari Zomin tog‘laridagi qorli manzaralardan bahramand bo‘lishdi.

Oppoq qorlar, osma ko‘prik va ziplayn dam oluvchi xodimlarimizga o‘zgacha his‑tuyg‘ularni hadya etdi. Qo‘rqmas va jasur xotin‑qizlarimiz dor yo‘lidan o‘tib, ziplaynda uchishdi.

Qizig‘i, Jizzaxda qor ko‘rinmaydi, lekin sayyohlarimiz Zominda qorbobo ham yasashdi!

Universitet rektori Maqsudjon Abdullayevichning tashabbusi bilan tashkil etilgan sayohatni a’lo darajada o‘tishida jonbozlik ko‘rsatgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga ham minnatdorchilik bildiramiz.

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Zomin tog‘laridagi dam olish an’anasi sentyabr oyidan beri davom etayapti va har sayohat yangi energiya, maroq va quvonch bag‘ishlaydi. Agar siz ham tabiat va adrenalinni sevsangiz — bu sayohatni qo‘ldan chiqarmasligingiz kerak!  Biz bilan birga bo‘ling va Zomin tog‘larida albatta dam oling!


Ulashish:
1 506
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...