Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/04/2026
Chop etish
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar markazda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar, boy tarixiy ekspozitsiyalar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur safar ishtirokchilar uchun nafaqat madaniy hordiq, balki muhim ilmiy va ma’naviy tajriba maktabi bo‘ldi. U ajdodlar merosini chuqurroq anglash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek, ushbu tashrif professor-o‘qituvchilar va xodimlarda yangi ilmiy izlanishlar hamda ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Tashrifni yuqori saviyada tashkil etgan universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildirildi.


Ulashish:
681
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...