Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/12/2024
Chop etish
JDPU ishchi-xodimlari va talaba yoshlari uchun Xorazmga sayohat uyushtirildi.
Xorazm O‘zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi.

Bu yurt o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati, betakror qadriyat va an’analari bilan jahon sayyohlarini o‘ziga rom etib kelmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Jizzax davlat pedagogika universitetining 30 ga yaqin ishchi-xodim va talabalari uchun Xiva va Urganch shaharlariga sayohat uyushtirildi.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sayohat dasturiga ko‘ra sayohatchilar 10-13-dekabr kunlar 3 kun mobaynida Xiva Urganch shaharlarining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishadi. Universitet xodimlari va talabalari Jaloliddin Manguberdi xiyobonidagi yodgorlikdan tortib, Buyuk ipak yo‘lining markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan Xivani tomosha qilish uchun “Ichan qal’a” me’moriy majmuasida ham bo‘lishdi.

Shuningdek sayyohlar sharqona bozorlarni, milliy hunarmandchilik saboqlari o‘tkaziladigan maxsus maktablari-yu tor ko‘chalari bo‘ylab sayr qilib, noyob osori atiqalarga boy Xiva muzeylarini zavq bilan tomosha qilishdi.


Ulashish:
884
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.