Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/03/2024
Chop etish
JDPU hududida «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Unda barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar, faol talaba yoshlar qalb amri bilan ishtirok etishdi va munosib hissa qo‘shishdi.

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika oliygohi hududida tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hashar davomida hududga mevali va manzarali ko‘chatlar ham ekildi.


Ulashish:
1 082
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.