Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/06/2026
Chop etish
JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL Prezidenti Dr Alisa Leckie bilan rasmiy uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarning muhim yakuni sifatida Jizzax davlat pedagogika universiteti va GATESOL (Georgia Teachers of English to Speakers of Other Languages) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Georgia shtatining Statesboro shahrida joylashgan Georgia Southern University rahbariyati hamda Global Engagement bo‘limi vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalar va grant dasturlarida ishtirok etish, xalqaro ta’lim dasturlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Ulashish:
1 156
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...