Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2023
Chop etish
JDPU   Axborot – resurs markazi fondiga 20 dan ortiq 4 turdagi BRAYL yozuvidagi adabiyotlar olib kelindi.

Shu paytgacha kutubxonada maxsus (Brayl yozuvidagi va gapiruvchi) adabiyotlarni kamligi bois ko‘zi ojiz talabalar kutubxona xizmatidan deyarli foydalanishmasdi. Buning bosh sababi esa yillar davomida Brayl alifbosidagi asarlar nashr etilmagani va uzoq yillar sohaga e’tibor qaratilmaganining oqibatidir.

JDPU ARM fondi Ko‘zi ojizlar uchun maxsus adabiyotlarning yangilangani barchani birdek xursand qildi. Ayni paytda oliygohning Magistrlar bo‘limida 34 nafar ko‘zi ojiz magistrlar ta’lim olishadi.

JDPU ARM xodimi Sanam Isroilovaning fikricha, ko‘zi ojiz yoki zaif ko‘ruvchilarning asosiy suyanchig‘i kitob bo‘ladi. Shu bois Brayl alifbosidagi adabiyotlarni ko‘paytirish shunday insonlarga katta ko‘mak bo‘ladi.


Ulashish:
985
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.