Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/12/2024
Chop etish
JDPU akademik litseyida «Rektor va Yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda JDPU rektori professor Sh.Sharipov litsey talabalari bilan hozirgi davr fan yangiliklari, kelajakda to‘g‘ri yo‘nalish tanlashda qaysi sohalarga e’tibor berish kerakligi, bakalavriat va magistraturadagi ta’limni davom ettirish haqida fikr almashdi. Uchrashuv so‘ngida joriy o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasi viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, Rektor hamda «Akademik litsey iftixori» stipendiyalari sovrindorlari va alohida o‘rnak ko‘rsatgan ustozlar taqdirlandi.

Uchrashuvdan so‘ng litseyda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv laboratoriyalari bilan tanishildi.


Ulashish:
799
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.