Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/05/2024
Chop etish
JDPU 50 yilligi munosabati bilan“Boburshunoslikning yangi ufqlari sari” mavzusidagi ilmiy-seminar tashkil etildi.

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, Bobur nomli Xalqaro jamoat fondi, fondning Jizzax viloyat bo‘limi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etilgan ilmiy seminar ishtirokchilari Jizzax viloyatining «Ilon o‘tdi» darasida kutib olindi. Mehmonlar uchun tarixshunos olim, dotsent Ahror Pardayev hamda o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani, dotsent Fazilat Ibragimova boshchiligida Jizzax shahrining «Qaliya tepaligi» (qadimgi Xaliliy-a kenti) hamda «O‘rda» ekologik boģi bo‘ylab “Bobur o‘tgan manzillar” nomli ekspeditsiya uyushtirildi.

Tadbir davomida quyidagi olimlar «Boburshunoslik va Jizzax ilmiy muhiti, Bobur nomli Xalqaro jamoat fondi faoliyatining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati, Boburning arxitektura va san’atshunoslikka oid qarashlari, Boburshunoslikda yechimi kutilayotgan masalalari mavzusida ma’ruza qildilar.

Shuningdek seminarda sharqshunos olim Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburiylar: Qomusiy, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar jamlangan kitob taqdimoti (5 jildlik) ham o‘tkazildi.


Ulashish:
1 065
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.