Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/03/2023
Chop etish
Jamoat xavfsizligi nima?

JDPUda bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.
Joriy yilning 9-mart kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida  O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizlik departamenti, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig’i polkovnik B.Berdialiyev va Jizzax viloyati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarma boshlig’i I.Amanov boshchiligida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.  Davra suhbatida avvalo Jamoat xavfsizligi nima? Uning mazmun mohiyati haqida ham batafsil tushunchalar berildi.

Jamoat xavfsizlgi— shaxs, jamiyat va davlatning jinoyatchilik, boshqa huquqga xilof harakatlar, favqulotda holatlar oqibatlari, ijtimoiy nizolar, tabiiy ofatlar, epidemiya, yirik holatlar avariya shuningdek yongʻinlarda himoyalanganlik holatini ifodalash maqsadida qoʻllaniladigan tushunchadir. Tadbirda shuningdek talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat xavsizligi konsepsiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor vazifalari to’g’risida ham ma’lumotlar berildi.

          Uchrashuvda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar tomonidan jamoat xavfsizligiga xavf soluvchi tahdidlar va ularni yechimi bilan bog‘liq bir qator taklif va mulohazalar bildirildi.


Ulashish:
1 851
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yoşlar korrupsiyaga yöq deydi!” mavzusida inşolar tanlovi ğoliblari aniqlandi
2026-yil 12-noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talabalar örtasida “Yoşlar korrupsiyaga yöq deydi!” mavzusida “Eng yaxşi inşolar” tanlovi ötkazildi.
Payşanba rahbar va yoşlar uçraşuvi: Oçiq muloqot va yangi taşabbuslar
Jizzax davlat pedagogika universitetida an’anaviy “Payşanba — rahbar va yoşlar uçraşuvi” doirasida navbatdagi tadbir taşkil etildi. Unda Tabiiy fanlar oliy pedagogika maktabi hamda Aniq fanlar...
Çempion bilan uçraşuv: matonat va muvaffaqiyat sari motivatsiya
Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetida fakultetning 2023-yilgi bitiruvçisi, Yaponiyada ötkazilgan Paraosiyo öyinlarining ikki karra kumuş medali sohibi Bunyod Hayitmuhammedov bilan uçraşuv...