Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/11/2022
Chop etish
“Jaholatga qarshi ma’rifat”

Universitetining  Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan davra suhbati  ana shunday nomlandi.

Tadbir mavzu doirasida ishlangan videolavhaning namoyishi bilan boshlandi. Bilimsizligi ortidan aldov yo‘li bilan terroristik guruhlar qo‘liga tushib qolgan yoshlarning ayanchli taqdiri xaqida hikoya qilguvchi videolavha tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Buning tasdig‘ini  tadbir ishtirokchilarning bildirgan fikr mulohazalari hamda munosabatlaridan ham bilish mumkin edi. Tadbirda ishtirok etgan huquq tartibot idoralari vakillari o‘z so‘zlarida bugungi tahlikali zamonda diniy ekstremizm, giyohvandlik, odam savdosi, diniy aqidaparastlik kabi jirkanch to‘rga bilib bilmay tushib qolayotgan yoshlarimiz kirib borayotgani buning oqibatida noxush holatlar yuzaga kelayotganini aytib o‘tishdi. Mavzu doirasida berilgan savollarga javoblar berishdi.

 

 


Ulashish:
1 351
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.