Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/10/2022
Chop etish
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida Jizzax viloyat hokimligi vakilari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi xodimlari,  Jizzax shaxar imom xatibi, psixologlar, oliygoh professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar va ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar  yoshlarga dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati, terrorizm va diniy ekstremizm, aqidaparastlik, siparatizm, odam savdosi, «ommaviy madaniyat» va shu kabi turli tahdidlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, yoshlarni ayni vaqtda puxta bilim olishga, turli kasb-hunarlarni boshini tutishga, qolaversa bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda badiiy kitoblar mutoalaa qilishga chorlashdi.

 

 

Tadbir so‘ngida talaba yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblarni  olishdi.

 


Ulashish:
1 454
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.