Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/10/2023
Chop etish
Italiyaning Neapol universiteti professori Genito Bruno JDPU rektori bilan uchrashdi.

Italya davlatining Neapol universiteti professori arxeolog olim Genito Bruno 6-oktyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetiga  tashrif buyurdi. Suhbat davomida universitet rektori Sh.Sharipov   bu uchrashuv oliygohdagi talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun birinchi va o‘ta muhim uchrashuv bo‘lib qolishini, o‘tilajak darslar juda qiziqarli bo‘lishini taʼkidladi.

O‘z navbatida xorijlik mehmon universitet rektoriga  samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. Ayni kunlarda Samarqandda  Qadimgi So‘g‘diyona shahrining qoldiqlari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan, O‘zbekiston – Italiya ekspeditsyasining Italya davlatidan bosh rahbari bo‘lmish Genito Bruno  joriy o‘quv yilidan shartnoma asosida Tarix fakulteti talabalariga dars o‘tadi hamda professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib boradi.

 


Ulashish:
906
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.