Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/03/2023
Chop etish
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

2023- yil 28-fevral kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakultetida xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydanish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 222-son Qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening avvalida Universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Qodirov professor-o‘qituvchilar bilan fakultetda mavjud kafedralarning 2022-yilda soha bo‘yicha amalga oshirgan ishlari hamda 2023-yilning rejalari to‘g‘risida suhbatlashdi. So‘ngra Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Yaxshilikov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Jo‘rayev yuqoridagi mavzular doirasida chiqishlar qilishdi. Seminar-trening davomida fakultet professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

 

 


Ulashish:
1 206
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.