Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/11/2023
Chop etish
Iqtidorli talabalarni Yoshlar akademiyasiga a’zo qilish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 8-avgustdagi «Yoshlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirish to’g’risida»gi 349-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet Talabalar akademiyasi a’zolariga seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor G’.Qodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy ta’lim jarayonlarini tashkil etish sho‘ba mudiri S.Isomiddinov, Yoshlar akademiyasining hududiy lideri I.Tolliboyev ishtirok etdi. Seminar-treningda Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish, Yoshlar akademiyasi a’zolarining vazifalari hamda ularga beriladigan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Ulashish:
960
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.