Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/10/2020
Chop etish
Imtiyoz asosida talaba bo‘lgan xotin-qizlar taqdirlandi.

Xabaringiz bor Vazirlar Mahkamasining 420-son qarori bilan oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra bunday tavsiyanomalar:

Kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;

To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki oansi vafot etgan xotin-qizlar;

14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yolg‘iz ayol(erkak)larning qizlari;

Shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijrada yashayotgan oilalar;

Ota-onalaridan biri yokihar ikkisi  ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

Nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;

Oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan) berilishi lozim edi. Bugun Jizzax viloyatidagi oliygohlar uchun 36 nafar xotin-qizlarga joy ajratilgan bo‘lib, hujjat topshirgan qizlarimiz soni 924 nafarni tashkil etdi. Shundan Jizzax davlat pedagogika instiuttiga 21 nafar xotin-qizlar mazkur grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Tanishuv haftaligi doirasida institut rahbariyati tomonidan ushbu qizlarni har biri bilan yaqindan tanishish va ularni taqdirlash maqsadida tadbir tashkil qilindi.tadbirda ishtirok etgan institut rektori Sh.S. Sharipov davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu imtiyoz asosida talablik baxti nasib qilgan  xotin- qizlarni tabirklash bilan bir qatorda ularga kelajakda o‘z kasbining ustasi bo‘lishlari uchun  tinmay izlanish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

 


Ulashish:
999
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.