Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/04/2026
Chop etish
Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etilmoqda.

Universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar yo‘lga qo‘yildi. Bugun 20 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi va xodimlar markazga tashrif buyurib, boy tarixiy-ma’naviy meros bilan yaqindan tanishdilar. Har hafta ikki marta tashkil etilayotgan ushbu sayohatlar xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ijtimoiy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan

Ma’lumot uchun: Imom Buxoriy majmuasi islom olamining buyuk muhaddisi, “Sahih al-Buxoriy” asari muallifi Imom al-Buxoriy xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatimizdagi eng muhim ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.


Ulashish:
734
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...