Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/05/2023
Chop etish
Ilmga baxshida hayot

JDPU madaniyat saroyida “Ilmga baxshida hayot” mavzuida  halqaro ilmiy konferensiya  bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro ilmiy konferensiya Pedgogik ta’lim, xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Xolbo‘ta To‘raqulov xotirasiga bag‘ishlandi.

Yillar o‘tishi bilan zamon o‘zgaradi. Insonlar ham davr bilan hamnafas bo‘lish uchun u bilan tengma-teng qadam tashlashga, oldinga intilishga harakat qiladi.

Shunday insonlar borki, ularning avlodlarga qoldirgan merosi vafotidan keyin ham abadiy barhayot bo‘lib qoladi. Umrini ilmga baxshida etgan ajoyib inson,  professor Xolbo‘ta To‘raqulovning qoldirgan katta ilmiy merosning ham fan rivojida muhim o‘rni bor. Konferensiyada so‘z olganlar ustozni ana shunday so‘zlar bilan yodga olishdi.

Ilm fanga munosib hissa qo‘shgan zabardast olim o‘zidan boy ilmiy meros  hamda ko‘plab shogirdlarni qoldirib ketdi. Bugungi kunda respublikamizning turli jabhalarida  u kishining shogirdlari ustoz  boshlagan ezgu ishlarni davom ettirib, O‘zbekiston ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shishga harakat qilishmoqda.

Bo‘lib o‘tgan konferensiya so‘ngida marhum olim X.To‘raqulovning  farzandlari anjumanda ishtirok etgan mehmonlarga , marhum olimning shogiridlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 


Ulashish:
1 102
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.