Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/08/2023
Chop etish
Ijara xonadonlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlashda tyutorlar maʼsuliyati oshiriladi.

Bugun matematika va informatika fakultetida Sh.Rashidov tumani Kuyovboshi mahallasida o‘z yashash xonadonlarida talabalarni ijaraga qo‘yish istagini bildirgan fuqarolarga talabalarni ijara shartnomasi asosida ijaraga qo‘yish shartlari va talablari yuzasidan tushintirishlar olib borildi.

Fakultet dekani J.B.Ergashev 2023-2024 o‘quv yilida talabalarni ijara asosida o‘z xonadonlariga joylashtirishni maqsad qilgan fuqarolar avvalo talabalarning tarbiyasiga maʼsuliyat bilan yondashishi zarurligini takidladi.Shuningdek yig‘ilishda tyutorlar ijara xonadonlarida talabalarning dam olishi, dars qilishi, ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni joriy yilning 25-avgustigacha har bir talabaga individual yondashgan xolda o‘rganib chiqishi xonadonlarda is gazidan zaharlanish holatlari bartaraf etilganligi, holati yuzasidan takliflar kiritishi belgilab olindi.


Ulashish:
1 179
Boshqa rubrikalarda mashhur

13–14-mart kunlari umumxalq hashari doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Unda barcha fakultetlar professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etib, universitet hududlari, yo‘laklar va yashil maydonlarni tartibga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Inklyuziv yoshlar festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun qator tanlov va sport musobaqalari boshlandi.
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.