Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/04/2023
Chop etish
Huquqiy maslahatxona

Prezidentning 23.03.2023 yildagi “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-son qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi soddalashtiriladi. Bunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida – 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;
  • mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida, belgilanishicha:

  • Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emas;
  • Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga faqat O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqlidir.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;
  • sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.03.2023 yildan kuchga kirdi.

Katta yuriskonsult A.Alikulov

 

 


Ulashish:
1 231
Boshqa rubrikalarda mashhur

Fizika kafedrasida korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq me’yorlariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonun, universitetning ichki mehnat tartib-qoidalari hamda Odob-axloq kodeksi talablariga amal qilish darajasi muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini...
Filologiyada innovatsiya va kreativ yondashuvlar: xalqaro ilmiy anjuman yakunlari
1–2-may kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Filologiyaning dolzarb masalalari: o‘qitishda kreativ yondashuvlar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi. Anjuman Oliy ta’lim,...
Jizzaxda bitiruvchilarni kasbiy sertifikatlashga tayyorlash boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy rivojlanishga tayyorlash maqsadida sinov jarayonlari tashkil etildi.