Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/03/2024
Chop etish
Hindiston oliygohlari vakillari JDPUda

Hindistonlik olimlar ayni kunlarda mutaxassislar uchun trening mashg‘ulotlarini boshlab yuborishgan. Treninglar 10 kun davom etadi.

25-mart kuni JDPU ga tashrif buyurgan Hindistonlik hamkorlar  universitetda Steam va Robototexnika rivojlantirish sohasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan mutaxassislar uchun 10 kunlik trening mashg‘ulotlarini boshlab yuborishgan.

“Hindistonlik hamkorlarimiz tomonidan tashkil etilgan loyihada ishtirok etish uchun dastlab 40 dan ziyod talabgor o‘qituvchilar istak bildirishdi. Mana shu 40 nafar nomzoddan suhbat orqali  6 kishi  Steam  sohasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Hindistonlik olimlar mashg‘ulotga qatnashish istagini bildirgan talabgorlar bilan suhbat o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy eng so‘nggi dasturlaridan Robototexnologiyada  qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot bo‘yicha, Logo tipidagi dasturlarning oxirgi versiyalari, 3D linklarini ishlatish uchun va 3D modellar yasovchi dasturiy ta’minotlar va har xil platformalar bo‘yicha ma’lumotlar olmoqdamiz. 10 kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng o‘rganganlarimizni talaba yoshlar va o‘qituvchilarga  seminar-treninglar orqali amalda qo‘llash niyatidamiz ”,-deydi Matematika va informatika fakulteti o‘qituvchisi A’zam Bekbo‘tayev.

Mashg‘ulotlar  qiziqarli tarzda o‘tkazilmoqda. Hindistonlik mutaxassislarning tinglovchilarga nazariy va amaliy darslar o‘tkazilayotgani ularning bilimlarini yanada mustahkamlamoqda.

“Darslar juda qiziqarli o‘tmoqda, bugun sherigim bilan ikkita motorchalik harakatlanayotgan mashina robot yasadik. Shu barobarida uning dasturini ham yaratdik Ayni paytda dasturni yuklash jarayonidamiz. Biz yaratgan dastur asosida robot harakatlanadi. Men texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga dars beraman. Biz yaratgan dasturni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun yangilik sifatida kiritishimiz mumkin”- deydi Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi  Mirjalol Yo‘ldoshev.

26 mart kuni boshlangan trening mashg‘ulotlar 5 aprelgacha davom etadi. Boshqa bir guruh Hindistonlik olimlar xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha faoliyatini davom ettirishadi.


Ulashish:
985
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...