Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2024
Chop etish
HAYOTDAGI YO‘LINGIZ UCHUN O‘ZINGIZ MAS’ULIYATLI BO‘LING!

“Professor soati”da ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq muhim masalalar tilga olindi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Professor soati”da universitet rektori, professor Shavkat Sharipov yoshlarga ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanishda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziquvchi iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Professor o‘z suhbatida olimlik sari tashlanadigan birinchi qadam, ilmiy rahbar bilan ishlash tajribasi, ilmiy tadqiqot ishini himoya qilishdagi jarayonlar haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, “Professor soati”lari orqali talabalarni professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsad qilingan.

 

Tadbirda aytilgan va yoshlarni tas’irlantirgan so‘zlardan iqtiboslar keltirmoqdamiz:

– Talaba o‘z tadqiqot ishi yuzasidan o‘zi qaror qabul qilishi va bu yo‘lda o‘zi kurashishi lozim. Biz ularga bu yo‘lda yordam berishga doim tayyormiz.

– Suvga o‘xshash bo‘lish lozim, chunki suv hech kimga ziyoni tegmasdan o‘z yo‘lini topib boraveradi.

– Hayratlanishdan to‘xtamang. Olimlik hayratlanishdan boshlanadi.

– Ertak o‘qib ulg‘aygan bola kelajakda kim bo’ladi? Multfilim tomosha qilib ulg‘ayganda-chi? Ertak bolaning aql mushaklarini ishlatadi. Tasavur dunyosini boyitadi. Multfilimda esa tasavvur mahsulini ko‘ramiz xolos. Tadqiqotchining tasavvur dunyosi boy bo’lishi lozim.

– Ustozingizni yaxshi ko‘ring, ana shunda haqiqiy ilmni egallaysiz.

– Yoshlarga kelar zamon ilmini o‘rgatish to‘g‘ri yo‘ldan borishdir.

– Bilim maqsad emas, bu qurol bo‘lishi kerak.

– Ilmiy ishga, tadqiqotga o‘zini bag‘ishlash, albatta, o‘z natijasini ko‘rsatadi.

– Biz insonlarni yaxshi va yomonga ajratamiz. Aslida-chi? Ularning har ikkisi o‘z g‘oyalarini to‘g‘ri deb bilishadi. G‘oyalarning xilma-xilligida esa eng yaxshi tadqiqotlar yaratilgan.

– Insonning fikri, so‘zi va amali bir xil bo‘lishi kerak. Ana shunday kishi ilmiy jamoada ham boshqa jamoalarda ham birdek hurmatga sazovor bo‘ladi.

– Hayot siz uchun oldindan yozib qo‘yilgan qoidalar asosida bo‘lmaydi. To‘siqlarning hammasi siz yengib o‘tishingiz uchun yaratilgan.

– Ilm olishga intilish yolg‘onga asoslanmasligi kerak.

– Insonning ilmga, jamiyatga, insonlarga samimiy muhabbati bo‘lishi lozim. Bunday inson eng katta marralarga erishadi.

–  Hayotdagi yo‘lingiz uchun o‘zingiz mas’uliyatli bo‘ling.

 


Ulashish:
913
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...